r-politrin super 44% k.e

Ta’sir qiluvchi moddalar:
Profenofos 400 g/l + Sipermetrin 40 g/l
Tashqi ko’rinishi:
Suyuqlik, och sariq rangda
Zaharlilik darajasi: 3 sinf
Qadog’i: 1 litr / 100 ml

 

R-Politrin Super – ikki tarkibli qismga ega bo’lgan ushbu preparat tanga-qanotlilarning lichinkasi (Lepidoptera)
va boshqa kemiruvchi, barg o’rovchi, g’ovaklovchi zararkunandalar hamda trips, o’rgimchakkana, kanalar va boshqa
so’ruvchi zararkunandalarga qarshi yuqori samarali ta’sirga ega. Preparat asosan kontakt, ichdan hamda nafas
olich yo’li orqali ta’sir qiluvchi fosfororganik birikmali tizimsiz insektisid bo’lib, qishloq xo’jalik
o’simliklarini keng qamrovli kemiruvchi, so’ruvchi, g’ovaklovchi zararkunanda-hashorotlardan himoya qiluvchi
yuqori samarali kompleks (majmuaviy) preparat. Tarkibida ikki faol moddasi ya’ni profenofos (fosfoorganik
birikmali) va sipermetrin insektisidlarbirikmasi bo’lib, keng turdagi hashorotlarga qarshi har tomonlama
samarali ta’sirga ega.